Sariosiyo tumani hokimligi-Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi masalalar muhokama qilindi 26.03.2024-yil
...
26.03.2024
95 marta o'qildi

 

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, g‘alla parvarishi, ichki ariqlarni betonlash, eksport masalalari hamda dala chetlarini tozalash, tut ko‘chatlari ekish, jumladan, chigit ekish ishlarini boshlash masalalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.

 

Shuningdek, tuman hokimi sohadagi kamchiliklarni muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ogohlantirish berilib, g‘alla maydonlarini oziqlash, sug‘orish, begona o'tlardan tozalash agrotexnik tadbirlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?