...
26.03.2025
0 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshlig‘i Davron Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazldi.

 

Yig‘ilishda, mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, gʻalla maydonlarini oziqlash, dala chetiga daraxt ko‘chatlarini ekish, ichki sugʻorish tarmoqlarni betonlash hamda chigit ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish va boshqa masalalar bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

 

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilishda sohada belgilangan ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yuklandi hamda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan tizimli ish olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?