Sariosiyo tumani hokimligi-Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi masalalar muhokama qilindi 2024-yil 6-iyun
...
06.06.2024
73 marta o'qildi

Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda Viloyat hokimining Sariosiyo tumani bo‘yicha vakili N.Choriyev bilan birgalikda, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga g‘alla o‘rimiga kombayn va tashuv texnikalari shayligini ta’minlash, eksport masalalari hamda go‘za qator oralariga ishlov berish, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan sohadagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tushuncha va ogohlantirishlar berib agrotexnik tadbirlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?