Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Davron Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga g‘o‘za parvarishi va tashish texnikalarini mavsumga shayligini ta’minlash, jumladan, soliq tushumi va eksport rejalarini bajarilishi yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.