Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, g‘alla parvarishi, eksport masalalari hamda dala chetlarini tozalash, tut ko‘chatlari ekish, jumladan, chigit ekish ishlarini yakunlash masalalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek, tuman hokimi sohadagi kamchiliklarni muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tushuncha va ogohlantirishlar berdi, g‘alla maydonlarini oziqlash, sug‘orish, begona o'tlardan tozalash agrotexnik tadbirlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.