Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshlig‘i Davron Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga paxta-yig‘im terimini boshlash, shuningdek, platforma bilan ishlash, soliq tushumi va eksport rejalarini bajarilishi yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.