Sariosiyo tumani hokimligi-Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berildi
...
16.09.2024
49 marta o'qildi

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berildi.

 

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshlig‘i Davron Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga paxta hosilini qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olib, mavsumni tez, sifatli yakunlash, 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi oldidan yer maydonlarini tayyorlash, urug‘, mineral o‘g‘itlar zaxirasini jamg‘arish, texnika va seyalkalarni mavsumga hozirlash yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?