Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida bog‘-qator oralariga ishlov berish, ichki sug‘orish tarmoqlarni betonlash, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash hamda bu sohadagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligi soha mutaxassislari, hudud rahbarlari, paxta-g‘alla va bog‘-sabzavot fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, tumanda 2024-yil hosili uchun urug‘ qadalgan 2,5 ming gektar g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, g‘allani o‘g‘itlash, sharbat usulida sug‘orish ishlarini olib borish hamda dala maydonlaridagi ariq va zovurlarni tozalash va betonlash bo‘yicha olib borilgan ishlar va rejalar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, tuman hokimi mas’ullarga bahorgi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarilishi uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini hozirdanoq tayyor holatga keltirib qo‘yish, ularning texnik sozligini qayta ko‘zdan kechirish muhim omil hisoblanishini, qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi uchun fermer xo‘jaliklari zamonaviy va soz holatdagi texnikalar bilan ishlashlari zarur ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilishda sohada belgilangan ishlarni amalga oshirish, ishlarni sifatli va muddatida bajarilish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi hamda soliq to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish, bog‘-qator orasidan samarali foydalanish yuzasidan ishlarni tizimli olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.