...
05.03.2024
80 marta o'qildi

Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, g‘alla parvarishi, ichki ariqlarni betonlash, aylanmadan olinadigan qat’iy soliq tartibiga o‘tish, eksport rejalarini bajarilishi masalalari hamda dala chetlarini tozalash, tut ko‘chatlari ekish, jumladan, chigit ekishga puxta zamin yaratish masalalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, tuman hokimi sohadagi kamchiliklarni muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ogohlantirish berilib, belgilangan agrotexnik tadbirlarni, g‘alla maydonlarini oziqlash, sug‘orish, chigit ekishga yer tayyorlash ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?