...
06.03.2024
96 marta o'qildi

2-sektor rahbari - tuman prokurori Botir Oltibayev tashabbusi bilan tumandagi Sport maktablarida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning "Kurash" turi bo‘yicha prokurori kubogining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman prokuraturasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanadiganlarning sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, sportning “kurash” turi bo‘yicha Sariosiyo tumanidagi barcha mahallalarda (61ta) “Biz vatanparvar yoshlarmiz” shiori ostida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Prokuror kubogi” musobaqasining mahalla bosqichi o'tkazilgan edi.

Bugun mazkur musobaqaning tuman (final) bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada 66 kg., 81 kg., va 81 kg. dan yuqori vaznga ega kurashchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida, 66 kg.vazn toifasida
1-o‘rin Jalilov Nortoy;
2-o‘rin Abdujamilov Muhammadnabi;
3-o‘rinni Muhammadazimov Muhammadazim va Karomatov Mansurl qo‘lga kiritishdi.

81 kg.vazn toifasida
1-o‘rin O‘roqov Yashnar;
2-o‘rin Mirzoaliyev Mubashshir;
3-o‘rinni Yo‘ldoshev Bekbobo va Nuraliyev Xasan qo‘lga kiritishdi.

81 kg.dan ortiq vazn toifasida
1-o‘rin Nurillayev Asqar;
2-o‘rin Asadov Xokisor;
3-o‘rinni Eshnazarov Jamshid va Zulabiyev Muhammad egallashadi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar munosib tarzda rag‘batlantirishdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?