Sariosiyo tumani hokimligi-Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigidan
...
25.10.2024
14 marta o'qildi

Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi katta xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

 

Albatta, bugungi shiddatli taraqqiyot asrida ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va ilm-fan yutuqlariga tayangan holda tashkil etish – mamlakatimizda huquq-tartibotni yanada mustahkamlashning muhim omili ekanini sizlar yaxshi tushunasiz.

 

Shuning uchun tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz. Jumladan, yangi turdagi jinoyatlar hamda axborot vositalari yordamida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda ta’sirchan mexanizmlarni qo‘llash, kriminogen vaziyat bo‘yicha “qizil” toifada bo‘lib kelayotgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan manzilli ish olib borishimiz, tergov sifatini oshirish orqali aholi o‘rtasida bu sohada adolatga bo‘lgan qat’iy ishonchni shakllantirishimiz lozim.

 

Muxtasar aytganda, ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart.

 

Tabrikning to'liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/7646



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?