“Men ham tadbirkor bo‘lay, mahallada ish o‘rni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketayapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti – Prezident.
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3996).
Davlatimiz rahbari bugungi yig‘ilish 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularni o‘rinbosarlari, banklar, “mahalla yettiligi” uchun saboq bo‘lishini ta’kidladi.
Tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikdan chiqarishga katta-katta mablag‘lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti deya savol qo‘ydi Prezident.
Shuning uchun bugungi yig‘ilish tomorqa va uy xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasashi ta’kidlandi.
Banklar faqat qaytimni o‘ylab, oson yo‘l bilan resurslarni doimiy mijoziga berayotgani tanqid qilindi.
Mahalla hududidagi tadbirkorlar "soya"dan chiqib, rasmiy ish o‘rnini ko‘paytirsa, daromad solig‘idan qo‘shimcha tushumning 50 foizi o‘sha mahalla ixtiyorida qoladi.
Tumandagi mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi ham mahalla budjetida qoladi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4014)
Umuman, Sayxunobodda yo‘lga qo‘yilayotgan tajriba hisobiga har bir mahalla, har bir ko‘cha, har bir xonadon qamrab olinmoqda.
Sayxunobod misolida oilalarni daromadli qilish, investitsiya jalb qilish bo‘yicha yangi tizimni respublikaning barcha 9 ming 452 ta mahallasida yo‘lga qo‘yish yuzasidan iqtisodiy kompleks rahbarlariga, banklar, hokimlar va ularni birinchi o‘rinbosarlariga aniq topshiriqlar berildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4015)
Bu ishlar qanday tashkil qilinayotganiga qarab, ushbu rahbarlar faoliyatiga baho berilishi qayd etildi.