Olimpiadaning ikkinchi chempionligi uchun bir qadam qoldi!
Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada finalchilari qatoridan joy olmoqda.
Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.
Finalda Bahodir 10-avgust kuni ispaniyalik Ayub Al Gadfaga qarshi ringga ko‘tariladi.
O‘zbek faxri, Surxon vohasi o‘g‘loniga finalda omad tilaymiz. Sen barchasini uddalaysan, olg‘a Bahodir!