Bugun tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalari singari Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida ham farzand tarbiyasida otaning rolini oshirishga qaratilgan “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi Abduqodir Donayev otaning farzand o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘un munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalariga mas’uliyat hissini kuchaytirish, farzandiga ilm olishida bajarilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berish, dars tayyorlashida ko‘maklashish, kundaliklarini tekshirib turish, ma’lum bir vaqtda farzand ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘ligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti to‘g‘risida hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya etilishi haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shartligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, o'quvchi-yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini inobatga olgan holda, Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo'limi tomonidan 200 (ikki yuz) dona kitoblar topshirildi.