“Otalar yig‘ilishi”
Bugun, tumanning “Sarijar” mahallasidagi 35-sonli umumta’lim maktabida tuman prokurori - 2-sektor rahbari B.Oltibayev ishtirokida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
“Otalar yig‘ilishi” yig‘ilishda, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirish borasida axborot berildi.
Shuningdek, otalar yig‘ilishi yakunida farzandlari ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan otalarga sektor rahbarining tashakkurnomasi taqdim etildi.