...
18.09.2023
73 marta o'qildi

Oq-oltin xirmoniga baraka!

Bugun qay bir mahallaga bormang, “oq oltin”ni o‘z vaqtida nest-nobud qilmasdan terib olishga o‘z xissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan terimchilarni dala maydonlari tomon otlanayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Ayni kunlarda Sariosiyo tumanida ham paxta yig‘im-terim ishlari avjida. Tumandagi barcha fermer xo‘jaliklarida mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtirilgan  paxta hosilini yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Chunki, dalalarda dehqonning peshona teri, qalb qo‘ri bilan yetishtirilgan hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay, nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish darkor. Shu bois, tumandagi barcha fermer-u dehqonlarning diqqat-e’tibori hosilni barvaqt yig‘ishtirib olishga qaratilgan.

Hurmatli fuqarolar paxta yig‘im-terimizda faol ishtirok etaylik!



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?