Sariosiyo tumani hokimligi-OILA
...
07.04.2024
86 marta o'qildi

 

Oila – bu muhabbat, sevgi, hurmat, samimiyat;

Oila – bu yakshanbani birga o‘tkazish uchun kutish;

Oila – bu farzandlar tug‘ilishi, birinchi qadam va ilk bor oyi va dada deb aytilgan so‘z;

Oila – bu birgalikda orzular qilish va o‘sha tomon birgalikda harakat qilish;

Oila – bu bir-biriga g‘amxo‘rlik. Ayol erini kutib ovqat yemasligi, erkakning ayoli uchun shirinlik olib kelishi;

Oila – yaxshi va yomon kunlarda birga suyanch bo‘la olish;

Oila – mehnati qiyin, ammo mevasi shirin;

Oila – muqaddas. Ammo buni ko‘pchilik tushunmaydi yoki hayoti kinolardagiday bo‘lishini kutib yashaydi.

Hozir bilinmas, ammo keksayganingizda oilaning o‘rnini hech nima bosolmasligini tushunib yetasiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?