Sariosiyo tumani hokimligi-Ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi 2024-yil 25-sentabr
...
25.09.2024
26 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan ochiq muloqot “Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar”ga bagʻishlandi.

 

Unda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Ochiq muloqotda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini namunali tashkil etish bo‘yicha kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?