Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan ochiq muloqot “Sariosiyo tumanida xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar va kelgusi rejalar”ga bagʻishlandi.
Unda, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova, mahallalardagi xotin-qizlar faollar va kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda, Sariosiyo tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlar hamda kelgusidagi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.