...
08.01.2024
63 marta o'qildi

“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” tadbirlari doirasida tumanning Yoqutli bog‘ mahallasida Sariosiyo tumangaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan xatlov ishlari amalga oshirildi.

Bugun, Sariosiyo tumangaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan iste’molchilariga uzluksiz va barqaror tabiiy gaz yetkazib berish, tabiiy gaz qurilmalarini sifatli hamda uzoq yillar ishlashini ta’minlash maqsadida “Yoqutli bog‘” mahallasidagi aholi va ulgurji iste’molchilarni gazdan foydalanish ishlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov jarayonida, aholi va ulgurji iste’molchilarning muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rishi, isitish moslamalari va gaz plitalarini qarovsiz qoldirmasligi, havo aylanish tizimlariga alohida e’tibor berishi zarurligi eslatib o‘tiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?