Sariosiyo tumanida sog‘liqni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Tibbiyot birlashmasida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Press-tur taklif etildi.
Press-tur ishtirokchilari tuman Tibbiyot birlashmasida yangidan qurilayotgan zararsizlantirish bo‘limi qurilishi hamda qo‘shma jarrohlik bo‘limida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Jalilov tomonidan jurnalist va blogerlarga sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.
Ommaviy axborot vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullaridan tegishli javoblar olishdi.