Sariosiyo tumani hokimligi-OAV vakillari ishtirokida navbatdagi press-tur bo‘lib o‘tdi 2024-yil 21-noyabr
...
21.11.2024
5 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida keksalar va nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Press-tur tashkil etildi.

 

Press-tur ishtirokchilari tuman “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limida nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov tomonidan jurnalist va blogerlarga sohada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan doimiy “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazib kelinayotganligi, “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida O‘zbekiston bo‘ylab bepul sayohat tashkil qilinganligi hamda kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.

 

Xususan, yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga ko‘maklashish, ularda milliy g‘urur va o‘zini anglash hissini shakllantirish maqsadida urush va mehnat faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Kasbim – faxrim”, “Keksalarni ardoqlagan yurt”, “Faxriylar – faxrimiz” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilayotganligi, mehnat faxriylarining yoshlar bilan doimiy uchrashuvlarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlanayotganligi ta’kidlandi.

 

Ommaviy axborot vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullaridan tegishli javoblar olishdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?