Xabarda, joriy yilning 23-26-may kunlari yurtimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi hamda momaqaldiroq hodisalari kuzatilishi bildirilgan. Shu sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.