Sariosiyo tumani hokimligi-O‘zbek milliy kurashi – oriyatli, mard, halol polvonlar bahsi
...
15.03.2024
88 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida keng nishonlangan “Navro‘z” umumxlaq bayrami sayillari doirasida o‘tkazilgan katta kurash musobaqalari boshlandi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev ishtirok etib, turli hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan polvonlarga omadlar tiladi.

Musobaqani kurash faxriylari, Sariosiyoning nuroniy polvonlari boshlab berishdi. Yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, mahallalardagi iqtidorli kurashchi yoshlar hamda nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.



Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildiramiz – dedi tuman hokimi A.Donayev.

Navro‘z bayrami shodiyonalari Sariosiyoning barcha hududlarida davom etmoqda.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?