Sariosiyo tumani hokimligi-Novosibrsk delegatsiyasi “To‘palang” suv ombori, GESlar tarmog‘i faoliyati bilan tanishdi
...
19.09.2024
39 marta o'qildi

Bugun vohamizga tashrifining uchinchi kunini boshlagan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Sariosiyo tumanida joylashgan “To‘palang” suv omboriga tashrif buyurdi. Viloyatimiz rahbari rossiyalik hamkasbiga “To‘palang” suv omboridan viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan mega loyiha haqida ma’lumot berdi.

 

Shundan so‘ng, mehmonlar suv ombori hududida barpo etilgan, ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “To‘palang GES”i faoliyati, ish jarayonlari bilan tanishdi. Mutaxassislar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil axborot berdi.

 

Ma’lumot uchun, hududda suvning tabiiy tushish yo‘li, ya’ni bitta kaskadda “To‘palang”, “Zarchob 1”, “Zarchob 2”, “Zarchob 3” GESlari hamda “Zarchob -1 A” kichik GES barpo etilgan bo‘lib, ularda vohamiz elektr energiyasi ehtiyojining 40 foizi ishlab chiqariladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?