Vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Novosibirsk delegatsiyasi Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar Surxondaryoning tashrif qog‘ozlaridan biriga aylangan “Sangardak” sharsharasi bilan tanishishdi.
O‘ziga xos tabiati, tabiiy buloq suvli sharsharasi hamda ajib tog‘ manzaralari bilan nafaqat yurtimiz, balki xorijlik sayyohlar e’tirofiga sazavor bo‘layotgan maskan mehmonlarda katta tassurot uyg‘otdi. Ulug‘bek Qosimov va Andrey Travnikov sharshara hamda hududdagi sanatoriylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, hududlararo turizm oqimini rivojlantirish, novosibirsklik sayyohlar uchun Surxondaryo bo‘ylab tur-paketlar ishlab chiqish masalasini ham muhokama qildi.
Novosibirsklik sayyohlar uchun Surxondaryoning tog‘li manzillari, tarixiy arxitektura yodgorliklari hamda gastranomik va ekoturizm obyektlari katta qiziqish uyg‘otishi qayd etildi.