Tuman hokim Abduqodir Donayev tomonidan tuman Shtabning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazdi. Muhokamada kunlik topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Shtab muhokamasida, noqulay ob-havo sharoitlarida barcha ehtiyot va zaruriy choralarni ko‘rish, ijtimoiy, tibbiy va kommunal xizmatlar shay holatdaligini ta’minlash, aholiga tez yordam ko‘rsatuvchi xizmatlarni jonlantirish kabi masalalari birma-bir tahlil qilindi.
Shuningdek, aholi tomonidan tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bozorlardagi qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlar barqarorligini ta’minlash va narxning sun’iy ko‘tarilishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish ta’kidlab o‘tildi.