Sariosiyo tuman hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi xodimlari, tashkilot va idora rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.