Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Subhidam mahallasida o‘tkazildi
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning tog‘li hududi hisoblangan “Subhidam” mahallasi Xubon qishlog‘ida o‘tkazildi. Qabulda tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, “Subhidam” mahallasi faollari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda, “mahalla yettiligi”ning 2023-yil davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga, ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish, yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish, ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish, mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hamda 2024-yildagi istiqbolli rejalari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatni va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yaylov yer maydoni ajratish yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.