Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning tog‘li hududi hisoblangan “Humoyun” mahallasi Xufar qishlog‘ida o‘tkazildi. Qabulda tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, “Humoyun” mahallasi fuqarolari va yoshlari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda, “mahalla yettiligi”ning 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yildagi istiqbolli rejalari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan toza ichimlik suvi, yaylov yer maydoni ajratish, subsidiya asosida uy-joy olish masalalar yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.