Sariosiyo tumani Sangardak mahallasida tuman hokimi rahbarligida “Sayyor qabul” bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev va tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bir qator takliflar va murojaatlar kelib tushdi. Qabul qilingan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, qonuniy tartibda batafsil o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.
Qabuldan so‘ng, tuman hokimi mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
O‘tkazilayotgan bu kabi qabullar hamda uchrashuvlar, qilinajak sa’y-harakatlar avvalo inson qadrini ulug‘lash, shuningdek, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tinglash, bartaraf etish, Yangi O‘zbekistonga munosib vorislar qoldirish kabi ezgu maqsadlar ifodasidir.
Sayyor qabullar davom etadi.