Topshiriqlar ijrosi va tuman infratuzilmasini yaxshilash ishlarining borasida olib borilayotgan ishlar muhokamasi bo‘ldi
Tuman hokim Abduqodir Donayev tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.
Muhokamada, tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Tuman rahbari belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, loyihalarni muddatida amalga oshirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.