Sariosiyo tumani hokimligi-Navbatdagi Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
...
29.02.2024
72 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimi o'rinbosari Dilfuza Toshmatova ishtirokida “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar" mavzusida Matbuot amjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida OAV xodimlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari qatnashishdi.

 

Birinchi navbatda, Sariosiyo tumani xotin-qizlar masalalari bo'yicha hokim o'rinbosari D.Toshmatovaning 2023-yilgi hisoboti tinglandi. Ushbu jarayonda jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savol va takliflarni berishdi. Shundan so'ng, kelgusida ayollar tadbirkorligi va bandligini ta‘minlash masalalari kelishib olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?