Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, sektor rahbarlari hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda, uy-joy sotib olish hamda tadbirkorlik uchun subsidiya , ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya, davolanish uchun order va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 17 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.