Sariosiyo tumani hokimligi-Navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi 2024-yil 15-oktabr
...
15.10.2024
33 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Qultayev, 4-sektor rahbari, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i G.Samiyeva, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Qabulda ijtimoiy himoya, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 25 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.

 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?