Sariosiyo tumani hokimligi-Narx-navo barqarorligi o‘rganildi 2024-yil 8-avgust
...
20.08.2024
30 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev bugun “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MChJga tashrif buyurib O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, arzonlashtirilgan bozordagi narx-navo barqarorligi o‘rganib, savdo rastalari holatini ko‘zdan kechirdi.

 

Dehqon bozorida chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi davom etmoqda.

 

Shunga ko‘ra, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga bozorda savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga barcha imkoniyatlar yaratib berish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?