Tuman hokimi Abduqodir Donayev bugun Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozoriga tashrif buyurib aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, arzonlashtirilgan bozordagi narx-navo barqarorligi o‘rganib, savdo rastalari holatini ko‘zdan kechirdi.
Tuman rahbari insonlar salomatligini asrash uchun ham bozorda doimo tozalik bo‘lishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi muhimligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga tadbirkorlarga barcha imkoniyatlar yaratib berish boэyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.