Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket
4 kun dam olish kuni bo‘ladi (https://lex.uz/docs/-6704048)
Bunda:
31 avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
1 sentabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
2 sentabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
3 sentabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.