Sariosiyo tumanida “Murojaatdan daromadga” loyihasi doirasida 100 nafar ayollarning bandligi ta’minlandi
Inson hayoti mehnat bilan mazmunli. Ayni shu omil bois odamzot to‘kis hayotga, baxt-saodatga, komillikka intiladi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Prezident Xalq qabulxonalarining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish faoliyati ham ayni shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi U.Yakubov, Surxondaryo viloyat Xalq qabulxonasi rahbari A.Eshmurodov, Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev tomonidan tumanidagi 100 nafar ayollarga tikuv mashinalari topshirildi.
Mazkur yangi mexanizm bilan, avvalo, moddiy yordam so‘rab ko‘p murojaat qilayotgan bu insonlarning daromad topib, ro‘zg‘orini butlashi uchun imkoniyat, sharoit, tizim yaratib berilyapti.
Xalq bilan muloqotning yangi tizimi shu mexanizm asosida bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.