Sariosiyo tumani hokimligi-Murojaat va yechim 2024-yil 6-iyun
...
06.06.2024
64 marta o'qildi

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida bugun Sariosiyo tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

 

Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, tibbiy yordamga muhtoj, nafaqa puli tayinlash hamda kredit, uy joy ta’miri uchun moddiy yordam hamda yaylov masalasidagi murojaatlari o‘rganildi.

 

Har bir murojaat yuzasidan soha mutaxassislari jalb qilinib, aksariyat masalalar shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o'rganib chiqish, qonuniy tartibda hal etish uchun mutasaddilarga muddat berilib, ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?