Sariosiyo tumani hokimligi-MUNOSABAT 2024-yil 5-may
...
06.05.2024
49 marta o'qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Olloh uyi ham sotiladimi? 1-qism.. 2-chi qismida “imom fazliddindan xalq nega norozi?” bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi

 

Uhbu holat yuzasidan Sariosiyo tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur videoda ko‘rsatilgan “Xoja Alouddin Attor” jome masjidi 1995-yilda va qayta 1998-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, bugungi kunga qadar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur masjidni yangi qurilgan binoga ko‘chishi bo‘yicha takliflar kelib tushganda Jannatmakon mahalla raisiga telefon orqali agarda masjid yangi binoga ko‘chsa eski masjid binosining taqdiri bo‘yicha huquqiy oqibatlari tushuntirib berilgan. Natijada “Xoja Alouddin Attor” jome masjidi joylashgan Jannatmakon mahallasida yashovchi fuqarolar bu taklifga qarshi chiqishgan va masjidni yuridik manzilini o‘zgartirishga ruxsat berilmagan.

 

Bu masala Surxondaryo televideniyesi tomonidan ham o‘rganib chiqilgan. Videomurojaat bilan chiqqan fuqarolarga tuman hokimligi tomonidan rasmiy ravishda “Xoja Alouddin Attor” jome masjidining yuridik manzili o‘zgarmasligi yuzasidan xat yuborilgan va o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham ma’lum qilingan.

 

Bugungi kunda masjid o‘z faoliyatini olib bormoqda, hech qanday muammo va qarshiliklar mavjud emas.

 

Videomurojaatda qo‘yilgan audio yozuv tumandagi Jannatmakon mahalla raisi bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sariosiyo tumani bo‘yicha bosh mutaxassisining o‘zaro telefon orqali masjid yuridik manzili ko‘chirilsa oqibati nima bo‘lishi mumkinligi haqidagi suhbati bo‘lib, bu suhbat yuzasidan aholi bilan uchrashib, ularga suhbatni noto‘g‘ri talqin qilmaslik so‘ralgan va batafsil axborot berilgan.

 

Masjidlarni yuridik manzilini o‘zgartirish yoki yangi masjid ochish faqat Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning roziligi bilan amalga oshirilishi belgilanganligi sababli Sariosiyo tumani Sharg‘un shahri Bog‘ishamol mahallasida qurilgan masjid binosi bugungi kunda yopib qo‘yilgan va uning keyinchalik taqdiri DIQ va O‘MIning tegishli qarorlari bilan belgilanishi ma’lum qilingan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?