Tuman hokimi Abduqodir Donayev Sariosiyo tumani Terakzor mahallasidagi 21-sonli umumta’lim maktabiga qarashli “Tarix va o‘lkashunoslik” muzeyiga tashrif buyurib, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi.
Ushbu muzey, tumanning eng qadim zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixi va madaniyati haqida hikoya qiladi: turli davrlarga oid zargarlik buyumlari, turli davrlarda zarb qilingan tangalar, hunarmandlik buyumlari, ganch o‘ymakorligi, me’moriy yodgorliklar qoldiqlari, sopol buyumlar, haykalchalar, to‘qimachilik dastgohlari, uy anjomlari, ish qurollari mavjud.
- Tarix va bugunni bevosita bog‘lab turuvchi, insoniyatning ibtidosidan to bugungi kunigacha tilsiz hikoya qiluvchi xotiralarni o‘zida asrab kelmoqda!