Sariosiyo tumanidagi tog‘lar qo‘ynida joylashgan "Sangardak" sanatoriyasida Eko-turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va taqdimot ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Anjumanda 30 ga yaqin tadbirkorlar o`z loyihalar bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda "Surxon" davlat qo'riqxonasi Zaravutsoy qoyatosh suratlari eko-turizm maskani , "Yuqori To'palang" reakratsion zonada eko-turizm salohiyati mavjud obektlarini tashkil etish , "Bobotog'" milliy tabiat bog'i hududida eko-turizm manzillarini tashkil etish, loyihalari bilan qatnashdilar.