O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyatning tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifi berilgan edi.
Ayni topshiriq va vazifalar ijrosi doirasida Sariosiyo tumanidagi umumiy umuta'lim maktablarida “Men farzandim taqdiriga befarq emasman!" shiori ostida "Otalar yig‘ilishlari" bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, tumanning Yangihayot mahallasidagi 9-sonli umumta'lim maktabida ham “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi, unda mahalla mas'ullari, faol nuroniylar, otalar va onalar ishtirok etishdi.
“Otalar yig‘ilishi”da 1-sektor rahbari, tuman hokimi Abduqodir Donayev ota-onalarga farzand kelajagiga befarq boʻlmaslik, ularni kabs-hunarga o'qitish, xorijiy tillarni va IT sohalarini puxta o'rgatish, hozirgi zamonda farzand bilimi, taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratish asosiy vazifalaridan biri ekanligi haqida taʼkidladi.
Bundan tashqari, yig'ilishda ota-onalarga migratsiyada yurgan yaqin qarindoshlari bilan bog‘lanib ularni hushyorlikka chorlash haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.