...
23.04.2024
61 marta o'qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Sariosiyo tumani Nurobod mahallasi hududida tuman hokimi - fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abduqodir Donayev, favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Sel, toshqinlar va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Unda, sel toshqinlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?