Bugun, 24-mart kuni Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumani “Sariosiyo tumanida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, IT va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar”ga bagʻishlandi.
Unda, Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tumani bo‘limi boshlig‘i F.G‘oyipov hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda, Sariosiyo tumanida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, IT va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.