Bugun, 30-iyul kuni oʻtkazilgan matbuot anjumani “Sariosiyo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari”ga bagʻishlandi.
Unda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda tuman hokimi Abduqodir Donayev va sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida Sariosiyo tumanida iqtisodiy sohada, sanoatni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish, Davlat mulki obyektlarining sotilishi, budjet daromadlari ijrosi, tashabbusli budjet, “Sayhunobod tajribasi” hamda bandlik dasturi bo‘yicha ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.