Bugun, 26-aprel kuni Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumani “Sariosiyo tumanida yo‘l, suv, elektr energiya, gaz tarmoqlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli rejalar”ga bagʻishlandi.
Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Sharg‘un shahar hokimi Jo‘rabek Shaymardonov, tuman hokimligi mas’ullari, tegishli hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Sharg‘un shahar hokimi Jo‘rabek Shaymardonov tomonidan joriy yilning birinchi choragida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, elektr energiyasi, suv, gaz, yo‘l masalalarida hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi, jumladan, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida, matbuot anjumani qatnashchilariga “2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari hisobi” mavzusida batafsil tushunchalar berildi.