Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumani “Sariosiyo tumanida hokim yordamchilarining faoliyati borasida”ga bagʻishlandi.
Unda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov, hokim yordamchilar hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov tomonidan joriy yilda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.