Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan tumandagi qator maktablarda yangi o‘quv yili oldidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ahvoli o‘rganildi.
Jumladan, tumandagi 23, 26, 28, 53, 57, 69 va 70-sonli umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari tahlil etildi.
Tuman hokimi A.Donayev mazkur maktablar direktorlari va o‘qituvchilar bilan suhbatlashish asnosida ta’lim muassasalarini mukammal ta’mirlash hamda hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, sinfxonalarni barcha zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarga qulayliklar yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.